Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish bo`yicha arizalar qabuli boshlandi
Mirzo Ulug`bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bakalavriatiga 2026/2027 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi
akademik litseylarning yo‘llanmaga
ega bo‘lgan iqtidorli bitiruvchilarini o‘qishga
qabul qilish bo‘yicha arizalar qabuli e’lon qilindi.
Hujjatlar
https://forms.gle/BxAL9z1KaUEr9phTA havolasi
orqali 25-iyundan 5-iyul (shu kuni ham)ga qadar qabul qilinadi.
Abituriyentlar
O‘zMU rektori nomiga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizani elektron shaklda
to‘ldiradi.
Arizaga
ilova qilinayotgan hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi alohida “PDF” (portable document format) fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak.
Arizaga
ilova qilingan hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner
qilingan nusxalar ko‘rinishida jo‘natilishi lozim.
Hujjatlar
qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob raqam olingan
vaqt hisoblanadi.
Agar
taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda 72
soat ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha abituriyentga
tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda abituriyentga ko‘rsatib o‘tilgan
kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan
muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi.
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng hujjatlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan man qilinadi.
Qabul komissiyasi
2026-06-29