“Perevod” uchun arizalar qabul qilish boshlandi

my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” bo‘limi orqali quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga o’qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:

xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan bo’lsa ham);

O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;

xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan.

transfer.edu.uz sayti orqali esa O‘zbekistondagi davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.

Arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

2024-07-15