⚡️KVOTA TASDIQLANDI

Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi

Prezidentning 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra:

bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari

2024/2025-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari


2024-07-22