Yurisprudensiya: biznes huquqi ta’lim yo‘nalishida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun imtihon natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilmagan abituriyetnlar uchun oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari belgilandi.
Universitet Kengashining
qaroriga asosan 2024-2025 o‘quv yili qabulida 60420100 – Yurisprudensiya:
biznes huquqi
ta’lim yo‘nalishida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha
test imtihonlarini topshirgan abituriyentlarning to‘plagan ballari
asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirib,
ariza bilan 2024-yil 1-noyabrga qadar
murojaat qilgan abituriyentlardan ballar ketma-ketligiga
qat’iy rioya qilingan holda birinchi o‘quv yilida oshirilgan (tabaqalashtirilgan)
to‘lov-kontrakt miqdorlari 2024-2025 o‘quv yili uchun amalda o‘rnatilgan
to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilandi:
to‘plagan ballari qabul kvotalari (parametrlari) chegarasiga
bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,1 balldan 2,0 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,1 balldan 3,0 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4,0 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Shuningdek,
qabul parametrlari chegarasiga 4,1 balldan 53,9 ballgacha yetmagan, qo‘shimcha
ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi
o‘quv yili uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan
oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari
quyidagicha belgilandi:
4,1 balldan 22,0 ballgacha yetmaganlar uchun — 5,0 barobar;
22,1 balldan 40,0 ballgacha yetmaganlar uchun — 7,0 barobar;
40,1 balldan 53,9 ballgacha yetmaganlar uchun — 10,0 barobar;
54,0 ball va undan ortiq ball yetmaganlar talabalikka qabul
qilinmaydi.
ESLATMA! Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan
muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv
yili uchun 50 foizi bajarilgandan so‘ng abituriyent o‘qishga qabul qilinadi.
To‘lov-kontrakt shartnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar
qo‘shimcha e’lon qilinadi.
2024-08-26