
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining turdosh ro‘yxati tasdiqlandi.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari Klassifikatoriga asosan, bakalavriat bosqichi uchun turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati rasman tasdiqlandi.
Yo‘nalishlar 33 ta turdosh guruhga ajratildi.
? Turdosh deb e’tirof etilgan asosiy yo‘nalishlar:
▪️ “Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”
▪️ “Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”
▪️ “Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”
▪️ “Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.
Ta’limni ko‘chirish yoki qayta tiklash istagida bo‘lganlar uchun:
Ilgari ta’lim olingan yo‘nalishlar amaldagi Klassifikatorga muvofiq holda baholanadi va turdoshlik inobatga olinadi.
2025-07-16