E'lon !!

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetiga 2025/2026-o‘quv yili bo'yicha o'qishga kirish uchun ro'yxatdan o'tgan  ko'zi ojizlar toifasiga kiruvchi (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlar diqqatiga! 

O'zbekiston Milliy universitetining quyidagi bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o’qishga kirish uchun ro'yxatdan o'tgan   (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlarga imtihon (suhbat) joriy yilning 24-iyul kuni soat 08:00 da universitet  (Jurnalistika va o'zbek filologiya fakulteti) binosida bo'lib o'tadi.

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari:

  • Amaliy matematika;
  • Axborot xavfsizligi;
  • Biologiya;
  • Jurnalistika;
  • Psixologiya;
  • Ijtimoiy ish;
  • Matematika;
  • Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq;
  • Tarix;
  • Yurisprudensiya;
  • Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili;
    Manzil:

O'zMU O'zbek filologiyasi fakulteti binosi (eski rektorat) 

Eslatma: Ko’zi ojiz abituriyentlardan kirish imtihonlarida ishtirok etishlari uchun o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta)ning asl nusxasi, tamomlagan o‘quv yurti ( kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim maktabi) diplomi asl nusxasi hamda brayl yozuvi qurilmasi va qog'ozi, maxsus muhrlari bilan kechikmasdan kelishlari so'raladi.

2025-07-22