E'lon!!! Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha oshirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga.

Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun imtihon natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari belgilandi.
Universitet Kengashining 2025-yil 29-sentabr 2-son qaroriga asosan 2025-2026 o‘quv yili qabulida 60420100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha test imtihonlarini topshirgan abituriyentlarning to‘plagan ballari asosiy qabul chegaralariga yetmagan qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirib, ariza bilan 2025-yil 15oktabrga qadar murojaat qilgan abituriyentlardan birinchi o‘quv yilida oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov-kontrakt miqdorlari 2025-2026 o‘quv yili uchun amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilandi:

  • to‘plagan ballari qabul kvotalari (parametrlari) chegarasiga yetmagan abituriyentlar uchun — 8 barobar;

✔ Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida test imtihonlarini topshirgan, lekin yetarli ball to‘play olmagan, oshirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan arizalar qabul qilinadi:

Oshirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan arizalar

  • ➖  @Shoh331  telegram akkaunti orqali;
  • ➖an’anaviy (oflayn) shaklda  O‘zbekiston Milliy universiteti O‘quv-adabiyotlari va nashriyot bo‘limi (tel.: 91-948-99-29)da 2025-yil 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.

ESLATMA! Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv yili uchun 50 foizi bajarilgandan so‘ng abituriyent o‘qishga qabul qilinadi.

2025-10-02