XORIJIY FUQAROLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Milliy universiteti 2024-2025 o‘quv yili uchun navbatdagi qabulni boshladi.

Qabul 4 pog‘onadan iborat:

1. Onlayn ariza berish - 15.06.2024 dan 15.07.2024 gacha
2. Zoom ilovasi orqali suhbat - 25.07.2024 dan 15.08.2024 gacha
3. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan xorijiy fuqarolarga o‘qishga qabul qilinganlik haqida taklif xati jo‘natish  16.08.2024-28.08.2024 davomida
4. Kontrakt shartnomasini imzolagan fuqarolarga viza talabnomasini jo‘natish – 26.08.2024-15.09.2024

1 2 3 4
Sayt orqali onlayn ariza berish ZOOM ilovasi orqali suhbat Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan xorijiy fuqarolarga o‘qishga qabul qilinganlik haqida taklif xati jo‘natish Kontrakt shartnomasini imzolagan fuqarolarga viza talabnomasini jo‘natish
15.06.2024 - 15.07.2024 25.07.2024 - 15.08.2024 16.08.2024 - 22.08.2024 25.08.2024 - 15.09.2024

Ariza berish jarayoni:
Arizani yuklab oling va uni to‘ldiring, kerakli hujjatlar* bilan saytga yuklang!
-Bakalavriat yo‘nalishlari uchun ariza;
-Magistratura mutaxassisliklari uchun ariza.

!!! Barcha hujjatlarni PDF formatida yuklang !!!
*Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
1. Anketa
2. Til bilish darajasi sertifikatlari (ingliz/rus tili B1 darajasi) magistratura mutaxassisligi uchun.
3. Shaxodatnoma/Bakalavr diplomi
4. Xorijga chiqish passporti
5. Fotosurat
6. Tavsiyanoma

Ariza hamda hujjatlarni quyidagi havola orqali yuklang:
Bakalavriat yo‘nalishlari uchun ariza yuklash;
Magistratura mutaxassisliklari uchun ariza yuklash.

Suhbat jarayoni:

25.07.2024 dan 15.08.2024 gacha ro‘yxatdagi navbatingiz bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. Suhbat davomida umumiy va tanlangan yo‘nalishga oid savollar beriladi.

Xorijiy fuqarolar O‘zMUga kirish faqat suhbat asosida qabul qilinadi!
Ta’lim yo’nalishlar/mutaxassisliklari va shaklini quyidagi havolalar orqali o’rganib chiqishingiz mumkin:

-Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli yo’nalishlari
-Magistratura mutaxassisliklari

Agar Sizda xorijiy fuqarolar uchun qabul bo‘yicha savollar mavjud bo‘lsa, quyidagi
mobil raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki telegram/whatsapp messenjerlari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

+998 90 973 73 55 (Islomova Diyora)
+998 99 868 98 63 (Abduraxmonov Abduvosid)

Universitet ichki nizomi va umumiy tartib qoidalarini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
Yotoqxonada yashash qoidalarini ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
Xorijiy talabalar uchun broshyurani ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.