2026/2027-oʻquv yili uchun magistraturaga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi

? respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar oliygohlari yoki filiallari hamda nodavlat oliygoh bitiruvchilari mos (muvofiq) va unga turdosh taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tanlovda qatnashadi;
⏺️ magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga talabgor bitiruvchilar tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining shifri va nomi amaldagi “Oliy ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi klassifikatori”ga muvofiqlashtirilib, inobatga olinadi;
? diplomli mutaxassis malakasiga ega bo‘lgan shaxslar mos (muvofiq) va unga turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatidagi mutaxassisliklarning birida tanlovda qatnashadi;
ℹ️ turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
Quyidagi holatlarda Oliy taʼlim vazirligi tomonidan istisno kiritilishi mumkin:
xorijiy hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining diplomidagi yoʻnalish (mutaxassislik)lar mosligi;
➖ oliygohni amaldagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bitirib, ushbu yoʻnalishlar negizida respublika oliygohlarida magistratura mutaxassisliklari mavjud boʻlmasa yoki magistratura mutaxassisliklari kvotasi boʻlib, ularga muvofiq respublika OTM lari bakalavriati bitiruvchilari boʻlmasa;
➖ tegishli oliy taʼlim tashkilotining murojaatiga koʻra, harbiy yoki diniy oliy taʼlim tashkiloti bitiruvchilarining yoʻnalishlari mos (muvofiq) boʻlgan holatda.


Brauzeringiz PDF ko'rsatishni qo'llab-quvvatlamaydi. PDF ni ochish

2026-07-21