‼️ O‘qishni ko‘chirish tartibi o‘zgardi
Hukumat qarori (299-son, 11.06.2026-y.) bilan “Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim tashkilotlariga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish” ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
🏛 Reglamentga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi ushbu sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.
📝 Ariza beruvchilar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP), Agentlikning maxsus elektron platformasi yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza topshirishlari mumkin.
299-son Hukumat qarori
Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Qarorni yuklab olish2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish (ko‘chirib tiklash) bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi
Yo‘nalishlar jami 34 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Ma’lumot uchun, ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikator (https://talimxabarlari.uz/68615/7) ga muvofiqlashtirgan holda inobatga olinadi.