E'lon !!
Mirzo Ulug'bek
nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining ta’lim yo’nalishlariga 2026/2027-o‘quv yili bo'yicha o'qishga kirish uchun
ro'yxatdan o'tgan ko'zi ojizlar
toifasiga kiruvchi (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlar
diqqatiga!
O'zbekiston Milliy
universitetining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o’qishga kirish uchun
ro'yxatdan o'tgan (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlarga imtihon
(suhbat) joriy yilning 30-iyul kuni soat 08:00 da universitet (O'zbek filologiyasi va jurnalistika
fakulteti) binosida bo'lib o'tadi.
Manzil:
O'zMU O'zbek filologiyasi fakulteti binosi (eski rektorat)
Eslatma: Ko’zi ojiz abituriyentlardan kirish imtihonlarida ishtirok etishlari uchun o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta)ning asl nusxasi, nogironlik hujjati, tamomlagan o‘quv yurti ( kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim maktabi) diplomi asl nusxasi hamda brayl yozuvi qurilmasi va qog'ozi, maxsus muhrlari bilan kechikmasdan kelishlari so'raladi.
2026-07-25