Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat
topshirgan abituriyentlar uchun (Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishidan
tashqari) imtihonlar sanasi ma’lum bo‘ldi.
60420100-Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
test sinovlari manzili, sanasi va vaqti haqida universitet rasmiy (www.nuu.uz) saytida hamda
rasmiy telegram kanalida (https://t.me/nuu_uz) qo‘shimcha
ma’lumot beriladi.
ESLATMA:
- Abituriyentlar o‘zlari bilan shaxsini
tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID karta) bilan jadval asosida belgilangan
vaqtdan kechikmasdan kelishlari so‘raladi.
MA’LUMOT UCHUN:
Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka qabul
qilingan abituriyentlar tanlagan ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga muvofiq
birinchi kursda o‘tilgan fanlar bo‘yicha fan farqlarini akademik qarzdor
sifatida joriy o‘quv yilida alohida to‘lov asosida o‘zlashtirishi lozim.
Hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish sinovlarini o‘tkazish J A D V A L I
2026-08-15