O'zbekiston Milliy universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun super kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
2026/2027-o‘quv yili qabuli bo‘yicha kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan, biroq qo‘shimcha ravishda talaba bo‘lish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tomonidan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super kontrakt) miqdorlari tasdiqlandi.
Super kontrakt asosida o‘qishga to‘plagan bali 56,7 balldan kam bo‘lmagan va belgilangan qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar qo‘shimcha ravishda qabul qilinishi mumkin.
Tanishing Super kontrakt miqdori
O'zbekiston Milliy universitetining 2026/2027-o'quv yilida bakalavr/magistratura mutaxassisliklari bo'yicha bir nafar talabani to'lov-kontrakt shaklidagi bir yillik o'qitish QIYMATI
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qarori'ga muvofiq to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
✅1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
✅1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
✅2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
✅3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
2026-09-04