Ayni vaqtda "Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi" yo'nalishi bo'yicha ijodiy imtihonlar boshlandi.

Abituriyentlar tanlagan yo'nalishi bo'yicha belgilangan tartibda og'zaki va yozma imtihon topshiradi. Ma'lumot o'rnida, kecha Jurnalistika: internet jurnalistikasi (kunduzgi, sirtqi), Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar (kunduzgi) hamda Jurnalistika: ommaviy axborot vositalari faoliyati (sirtqi) yo'nalishlari bo'yicha og'zaki va yozma imtihonlar bo'lib o'tgan edi.

2023-07-29