IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY TA’LIM UCHUN HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy
ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 606-son Qarori bilan tasdiqlangan
Nizomga muvofiq ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish tartibi (kirish
imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon o‘tkazish muddatlari) oliy ta’lim muassasasining
xususiyatidan kelib chiqishi va oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan belgilanishi
nazarda tutilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Kengashining 2024-yil 28-iyundagi 9-son majlisi bayoniga muvofiq, 60420100-Yurisprudensiya: biznes huquqi ta’lim yo‘nalishiga ikkinchi va undan keyingi
oliy ta’lim uchun konkurs yuqori bo‘lishini inobatga olgan holda ushbu ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha kirish imtihonlari test sinovlari
shaklida o‘tkazilishiga qaror qilingan.
Test sinovlarini shaffof va adolatli o‘tkazish, bilimi yuqori talabgorlarni saralab olish maqsadida ushbu yo‘nalish
bo‘yicha test sinovlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilishi bo‘yicha qaror
qabul qilingan.
Mazkur fanlardan test sinovlarini tashkil etish uchun O‘zbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni
baholash agentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabgorlardan to‘lov o‘tkazish ko‘zda tutilgan
taqdirda, o‘rnatilgan miqdorda talabgorlar tomonidan to‘lovlar amalga oshirilishi
belgilanadi.
To‘lov miqdori va to‘lov bo‘yicha hisob raqam haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019-yil 13-maydagi 395-sonli “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda
milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq test sinovlari majmuasiga chet tili (ingliz, nemis,
fransuz tillari) fani kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan
va milliy yoki xalqaro sertifikatning tegishli darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga
ushbu chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berilishi nazarda tutilgan.
Tegishli darajadagi va muddati o‘tmagan sertifikati mavjud abituriyentlardan
universitet qabul
komissiyasi tomonidan ochilgan maxsus telegram kanaliga sertifikatlarini yuborilishi
so‘raladi. Telegram linki abituriyentlarga SMS orqali yuboriladi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga
qabul qilinganlar avvalgi bitirgan oliy ta’lim muassasasining birinchi kursidan
o‘tilgan fanlar o‘rtasida fanlar farqi bo‘lgan taqdirda ushbu fanlardan akademik
qarzdor sifatida talaba tomonidan qayta topshirish jarayoni amalga oshiriladi. Qayta
topshirish jarayoni esa kredit-modul tizimi bo‘yicha belgilangan tartib asosida
tegishli to‘lov asosida amalga oshiriladi.
2024-07-26