O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov "Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi" yo'nalishi bo'yicha o'tkazilayotgan og'zaki imtihon jarayoni bilan tanishdi.

Mamlakatimizda so'z va matbuot erkinligini ta'minlashda o'zining salmoqli hissasini qo'shadigan malakali jurnalist kadrlarni tayyorlash universitetimizning ham asosiy maqsadlaridan biridir. Ayni paytda abituriyent sifatida imtihon topshirayotgan va kelgusida mahoratli jurnalist bo'lishni astoydil xohlagan barcha yoshlarga muvaffaqiyat tilayman, dedi universitet rektori.

2023-07-29