Doktorantura bo‘yicha kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston Milliy universitetiga 2025-yildan boshlab davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitiladigan tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), maqsadli tayanch doktorantura (PhD) va stajyor tadqiqotchi izlanuvchilik uchun ajratilgan qabul kvotasi tasdiqlandi.
Hujjatlar universitet qabul komissiyasi tomonidan 15-sentabrdan 15-oktabrgacha yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun: O'zMU Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi. Manzil: Rektorat, 11-qavat, 119-xona
Ushbu telegram manzili orqali mavzuga aloqador ma'lumotlar, xabar va yangiliklar bilan tanishib borish mumkin.
2024-08-29