Diqqat tanlov!

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarimiz diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan. Ushbu davlat granti faqatgina bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga taqdim etiladi.

Tanlovga qo‘yiladigan talablar:

  1.  Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:
    - etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi        bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
    - O‘zbekiston hududida tug’ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi          bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
  2. Xorijiy fuqaro sifatida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
  3. 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
  4. O‘zbek tilini bilishi lozim

  Arizalar 2 oktyabrdan 20 oktyabrgacha tegishli ta’lim yo‘nalishlaridan biriga arizalar qabul qilinadi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ma’lumotlari (hujjatlari) belgilangan talablarga mos deb topilgan talabgorlar ro‘yxati Ekspert komissiyasining bayoni bilan tasdiqlanadi va tanlovga tavsiya etiladi.
Tanlovlar talabgorlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan test shaklida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan  o‘tkaziladi.

Ro‘yhatdan o‘tish uchun ushbu havolani bosing: https://forms.gle/7WzQxJmgzuXjqrDa9

Tanlov tartibi va kvotasi

2024-10-03