Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish bo`yicha arizalar qabuli boshlandi

Mirzo Ulug`bek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti bakalavriatiga 2025/2026 o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning yo‘llanmaga ega bo‘lgan iqtidorli bitiruvchilarini  o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar qabuli e’lon qilindi.

Hujjatlar https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfzrBQ6vEW6Xb7xyeMqTH7BqeNplrxuOv2FgTQA11PhVH0YKA/viewform?usp=header

havolasi orqali 25-iyundan 5-iyul (shu kuni ham)ga qadar qabul qilinadi.

Abituriyentlar OzMU rektori nomiga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizani elektron shaklda to‘ldiradi.

    Arizaga ilova qilinayotgan hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi  alohida “PDF” (portable document format)  fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak.

Arizaga ilova qilingan hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalar ko‘rinishida jo‘natilishi lozim.

Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob raqam olingan vaqt hisoblanadi.

Agar taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda 72 soat ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha abituriyentga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda abituriyentga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi.
    Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng hujjatlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan man qilinadi.

2025-07-01