"TDYU huzuridagi akademik litseydan yo‘llanma olgan bitiruvchilar uchun yakka tartibdagi suhbat savollari ro‘yxati tasdiqlandi."

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 374-son qarori 31-bandiga asosan savollar ro‘yxati oliy ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda yakka tartibdagi suhbat boshlanishidan kamida o‘n besh kun avval e’lon qilinishi belgilangan.
Abituriyentlar quyidagi mezonlar asosida suhbatdan o‘tkaziladi:

— akademik litseylar dasturlari doirasida huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi;

— yuridik mutaxassislikni tanlashdagi motivatsiyasi (yuridik mutaxassislikning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunishi hamda unga doimiy qiziqishi);

— nutq madaniyatining shakllangani, o‘z fikrini ravon ifoda etishi va tanqidiy fikrlash salohiyatiga egaligi;

— umumiy dunyoqarashning shakllangani, muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi va ijodkorlik qobiliyati.

Savollar bilan tanishish…

2025-07-01