2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).


Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
  ♦️Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
  ♦️ Matematika x 10 ta;
  ♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
  ✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.


2025-03-13


E'lon!!!

Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tabaqalashtirilgan (oshirilgan) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar diqqatiga.

“O‘zbekiston Milliy universiteti magistratura mutaxassisliklari qabuliga 2024/2025 o‘quv yilidagi tanlov natijalariga ko‘ra, talabalikka tavsiya etilmagan, ammo, tabaqalashtirilgan (oshirilgan) to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan (oshirilgan) to‘lov-kontrakt miqdorida arizalar qabul qilinadi:

  • Tabaqalashtirilgan (oshirilgan) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan arizalar O‘zbekiston Milliy universiteti Marketing bo‘limida (tel.: 95-040-54-98) 2024-yil 1-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Ariza namunasi

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining bayoniga muvofiq ingliz tili bo‘yicha mutaxassisliklarga (“Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili”, “Lingvistika: ingliz tili”, “Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti”, “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili”, “Sinxron tarjima: ingliz tili”) qo‘shimcha qabul amalga oshirilmaydi.

  O‘zbekiston Milliy universiteti Qabul komissiyasi

2024-11-04


Diqqat tanlov!

Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlarimiz diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratilgan. Ushbu davlat granti faqatgina bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakliga taqdim etiladi.

Tanlovga qo‘yiladigan talablar:

  1.  Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:
    - etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi        bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
    - O‘zbekiston hududida tug’ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi          bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
  2. Xorijiy fuqaro sifatida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
  3. 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
  4. O‘zbek tilini bilishi lozim

  Arizalar 2 oktyabrdan 20 oktyabrgacha tegishli ta’lim yo‘nalishlaridan biriga arizalar qabul qilinadi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, ma’lumotlari (hujjatlari) belgilangan talablarga mos deb topilgan talabgorlar ro‘yxati Ekspert komissiyasining bayoni bilan tasdiqlanadi va tanlovga tavsiya etiladi.
Tanlovlar talabgorlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan test shaklida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan  o‘tkaziladi.

Ro‘yhatdan o‘tish uchun ushbu havolani bosing: https://forms.gle/7WzQxJmgzuXjqrDa9

Tanlov tartibi va kvotasi

2024-10-03


E'lon!!! Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha oshirilgan to’lov-shartnoma asosida o’qish istagida bo’lgan abituriyentlar diqqatiga.

✔️ Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida test imtihonlarini topshirgan, lekin yetarli ball to‘play olmagan, oshirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan arizalar qabul qilinadi:                                                                                       

➖Yurisprudensiya: biznes huquqi; 

➖Biologiya; 

➖Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

Oshirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan arizalar

masofaviy (onlayn) shaklda  2-kontrakt@nuu.uz  elektron pochtasi yoki  @Mansur_Mamanazarov telegram akkaunti orqali;
➖an’anaviy (oflayn) shaklda  O‘zbekiston Milliy universiteti Marketing bo‘limi (tel.: 95-040-54-98)da 2024-yil 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi.


Yuklab oling : ARIZA NAMUNASI 

2024-09-05


O'zbekiston Milliy universiteti magistraturasiga 2024/2025 o'quv yili qabuli bo'yicha tanlov natijalari qaydnomasi e'lon qilindi

2024-09-05


Doktorantura bo‘yicha kvotalar tasdiqlandi

O‘zbekiston Milliy universitetiga 2025-yildan boshlab davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitiladigan tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), maqsadli tayanch doktorantura (PhD) va stajyor tadqiqotchi izlanuvchilik uchun ajratilgan qabul kvotasi tasdiqlandi.

 Qabul kvotasini yuklab olish 

Hujjatlar universitet qabul komissiyasi tomonidan 15-sentabrdan 15-oktabrgacha  yagona elektron tizim orqali qabul qilinadi. 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun: O'zMU Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi. Manzil: Rektorat, 11-qavat, 119-xona

Ushbu telegram manzili  orqali mavzuga aloqador ma'lumotlar, xabar va yangiliklar bilan tanishib borish mumkin.

2024-08-29