
2025/2026 o‘quv yili: TDYU litseyi bitiruvchilari uchun O‘zMU to‘lov-kontrakt qabul kvotalari.
2025-07-04
2025-07-04
Ushbu roʻyxat orqali qaysi taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasasi MAGISTRATURASI mutaxassisligiga turdosh ekanini bilib olishingiz mumkin.
Shuningdek:
2025-07-02
Mirzo Ulug`bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bakalavriatiga 2025/2026 o‘quv
yili uchun Toshkent davlat yuridik
universiteti huzuridagi akademik litseylarning yo‘llanmaga ega bo‘lgan
iqtidorli bitiruvchilarini
o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar
qabuli e’lon qilindi.
havolasi orqali 25-iyundan
5-iyul (shu kuni ham)ga qadar qabul qilinadi.
Abituriyentlar O‘zMU rektori nomiga o‘qishga
qabul qilish haqidagi arizani elektron shaklda to‘ldiradi.
Arizaga ilova
qilinayotgan hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi alohida “PDF”
(portable document format) fayl
ko‘rinishida bo‘lishi kerak.
Arizaga ilova qilingan hujjatlar “PDF” (portable document format)
formatida skaner qilingan nusxalar ko‘rinishida jo‘natilishi lozim.
Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob
raqam olingan vaqt hisoblanadi.
Agar taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan
taqdirda 72 soat ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha
abituriyentga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda abituriyentga ko‘rsatib
o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qabul qilishning
belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati
beriladi.
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng
hujjatlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan man qilinadi.
2025-07-01
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 374-son qarori 31-bandiga asosan savollar ro‘yxati oliy ta’lim tashkilotlari rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda yakka tartibdagi suhbat boshlanishidan kamida o‘n besh kun avval e’lon qilinishi belgilangan.
Abituriyentlar quyidagi mezonlar asosida suhbatdan o‘tkaziladi:
— akademik litseylar dasturlari doirasida huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi;
— yuridik mutaxassislikni tanlashdagi motivatsiyasi (yuridik mutaxassislikning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunishi hamda unga doimiy qiziqishi);
— nutq madaniyatining shakllangani, o‘z fikrini ravon ifoda etishi va tanqidiy fikrlash salohiyatiga egaligi;
— umumiy dunyoqarashning shakllangani, muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi va ijodkorlik qobiliyati.
2025-07-01
1.
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi
mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan
va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yil 10-iyuldan 10-avgust
kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
2.
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda
maxsus elektron tizimga o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini kiritadi va quyidagi hujjatlarni
yuklaydi:
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi
(yoki diplomdan ko‘chirma - O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini
davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun);
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi
hujjatning ilova nusxasi; Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil
1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan
bo‘lishi lozim.
3. Ikkinchi va undan keyingi oliy
ta’limga o‘qishga kirish sinovlari suhbat tarzida (ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar
soni belgilangan ta’lim yo‘nalishidagi qabul kvotasidan ortgan ta’lim yo‘nalishlari
uchun imtihon tarzida) joriy yilning 15-avgustidan 25-avgust kuniga qadar OTMda
o‘tkaziladi. Bunda, abituriyentlar bilan o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra
baholash qaydnomasiga “o‘tdi”, “o‘tmadi” belgisi qo’yiladi, ro‘yxatdan o‘tgan
abituriyentlar soni belgilangan ta’lim yo‘nalishidagi qabul kvotasidan ortgan
ta’lim yo‘nalishlari uchun imtihon tarzida o‘tkazilganda 100 balli tizimda baholanadi.
Universitet Kengashi qaroriga muvofiq 60420100-Yurisprudensiya
ta’lim yo‘nalishiga konkurs yuqori bo‘lishini inobatga olgan holda ushbu ta’lim
yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan
va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan
test sinovlari shaklida o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
4. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligi tomonidan 2025-2026-o‘quv yili uchun tasdiqlangan “Respublika oliy ta’lim
muassasalarining ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy
(ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi”dagi fanlar taqsimotini hisobga
olgan holda 60420100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishidagi asosiy fanlar (huquqshunoslik
fanlari va chet tili) bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilishi bo‘yicha qaror qabul
qilingan. Mazkur fanlardan test sinovlarini tashkil etish uchun O‘zbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va
malakalarni baholash agentligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabgorlardan to‘lov o‘tkazish
ko‘zda tutilgan taqdirda, o‘rnatilgan miqdorda talabgorlar tomonidan to‘lovlar
amalga oshiriladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019-yil 13-maydagi 395-sonli “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda
milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq test sinovlari majmuasiga chet tili (ingliz, nemis,
fransuz tillari) fani kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan
va milliy yoki xalqaro sertifikatning tegishli darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga
ushbu chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi. Bunda,
milliy yoki xalqaro sertifikatning tegishli darajalariga ( B1 va undan yuqori)
ega bo‘lgan abituriyentlar o‘z sertifikatlarini asl nusxasini joriy yilning
15-avgustiga qadar (shu kuni ham) universitet qabul komissiyasiga taqdim
etishlari lozim.
5. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul
qilish natijalari joriy yilning 30 avgustiga qadar e’lon qilinadi.
6. Imtihon (yoki suhbat) natijalariga
ko‘ra o‘qishga qabul qilingan talabalar oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asli
(yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini
davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun) OTMga taqdim etadi.
7. Ikkinchi va undan keyingi ta’limda
o‘qish uchun talabalikka tavsiya etilgan shaxslar bilan OTM o‘rtasida shartnoma
rasmiylashtiriladi.
8. Ikkinchi va undan keyingi oliy
ta’limda o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’iy nazar, 2-kursdan boshlanadi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga qabul qilingan talabalar oldingi
OTMda o‘quv rejasidagi ta’lim olgan fanlari bo‘yicha fanlar farqi (akademik qarzdorlik)
o‘quv yili davomida kredit-modul tizimida to‘lov asosida o‘zlashtiriladi.
9. Ikkinchi va undan keyingi oliy
ta’limda o‘qish davomiyligi tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun belgilangan
muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.
10. Ikkinchi va undan keyingi
oliy ta’limga qabul kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarida tashkil
etiladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-may 76-son “Ta’lim
sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2025/2026
o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi
shakliga qabul tugatilib, kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim
shakllari bo‘yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib borilishi belgilab
qo‘yilgan).
ASOS:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021 yildagi “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni
olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 606-son Qarori https://lex.uz/uz/docs/5657199
2025-06-30
Mirzo Ulug'bek nomidagi
O'zbekiston Milliy universiteti 2025–2026 o‘quv yili uchun xorijiy abituriyentlardan
arizalarni qabul qilishni boshladi!
Qabul muddati:
2025-yil 30-iyun kuniga qadar
Ariza
topshirish manzili: isa.nuu.uz
O‘zMU – xalqaro
miqyosda e’tirof etilgan, nufuzli ta’lim maskani:
QS World University
Rankings 2025:
781–790-o‘rinlar oralig‘i
THE World University Rankings 2025: 1001–1200-o‘rinlar oralig‘i
QS Asia University Rankings 2025: Osiyodagi TOP-300 ichida, 242-o‘rin
THE Asia University Rankings 2025: 501–600-o‘rin
QS World University Rankings by Subject 2025:
·
Matematika: 401–450-o‘rinlar oralig‘i
·
Zamonaviy
tillar: 301–350-o‘rinlar
oralig‘i
·
Fizika
va astronomiya:
601–675-o‘rinlar oralig‘i
THE Impact Rankings 2024: 601–800-o‘rinlar (barqaror rivojlanish bo‘yicha)
QS Sustainability Rankings 2025: 931–940-o‘rinlar (barqaror rivojlanish bo‘yicha)
O‘zMUda:
·
Yashil kampus va qulay transport
·
Ilm-fan
va innovatsiyaga asoslangan kuchli professor-o‘qituvchilar tarkibi
·
Chet-el
oliy o‘quv yurtlari bilan xalqaro hamkorlik dasturlari
·
Talabalar
uchun zamonaviy va qulay yotoqxona sharoitlari
·
Xalqaro
darajadagi (TOP-1000) diplom
O‘zMU
– sizning yuksak orzularingiz sari yo‘l ochuvchi ilm maskani!
Shoshiling, ro‘yxatdan
o‘tishni unutmang!
Ma’lumot uchun:
Tel.: +998 71 246 22 42
e-mail: admissions@nuu.uz
2025-06-13